Krishtianu Ronaldu futbolchilik karyerasini yakunlashiga vaqt bor bo‘lishiga qaramay, haqiqiy afsonaga aylanishga ulgurdi. Krishtining nomi bilan yuritiladigan itdan tortib, aeroportgacha, muzeydan tortib, butun bir galaktikaga teng narsalarga duch kelishingiz mumkin, deb yozdi “Korrespondent”.
Ronaldu muzeyi
Kamdan-kam sportchi o‘zining shaxsiy muzeyi bilan maqtana oladi. Ronalduga tegishli muzey qandaydir burchakda yoki uyning chekkaroq xonasida emas. U o‘zining ishchilariga va grafikalariga ega ekani bilan ajralib turadi. Bu muzey Ronaldu tug‘ilib o‘sgan Madeyra orollaridagi Funshal shaharchasida joylashgan va “Museu CR7” deb nomlangan.Ronaldu yodgorligi
O‘sha Madeyrada Krishtianu Ronalduga atab yodgorlik ham o‘rnatishdi. Balandligi 3—4 metrni, og‘irligi esa 800 kilogrammni tashkil qiladigan bronza haykal Funshal shaharchasida qad rostlagan.
Lionel Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan kuni yodgorlik tagiga argentinalik futbolchining futbolka raqami hamda ism-sharifi yozib ketildi. Bundan jahli chiqqan Krishtianu o‘ziga atab o‘rnatilgan haykalni o‘z muzeyiga ko‘chirishga qaror qildi.Ronaldu oteli
Krishtianu Ronaldu va Pestana Hotel Group hamkorlikda shinam otelga ham asos solishdi. Mehmonxonaning birinchisi endilikda sizga ma’lum bo‘lgan Funshal shahrida ishga tushdi. “CR7” mehmonxonasining keyingi ikkitasi Lissabon va Madridda ish boshlashi rejalashtirilgan. 2018-yilga kelib esa bunday makonni Nyu-Yorkdan ham topish mumkin bo‘ladi.Ronaldu nomli aeroport
Krishtianu Ronalduning Funshal shaharchasiga so‘nggi tashrifi chog‘ida Madeyra oroli rahbari Migel Albukerke hududga tegishli aeroportni “Krishtianu Ronaldu nomidagi Madeyra aeroporti” deb nomlashga buyruq berdi. Buning uchun futbolchi Twitter sahifasida minnatdorchilik bildirishni unutmadi.Ronaldu uchun atalgan samolyot
Butun boshli aeroport bo‘lganidan keyin, samolyot bo‘lmasinmi? Ryanair aviakompaniyasi o‘zining uchar apparatlaridan biriga Krishtining nomini berishga qaror qildi. Endi bu samolyot Ryanaldo deb nomlangan.Ronaldu nomi bilan atalgan galaktika
Nueva de Lissabon universiteti olimlari o‘zlari kashf qilgan galaktikani Krishtianu Ronalduning nomi bilan bog‘lashdi. “CR7” nomi bilan yuritilayotgan galaktika Quyoshdan trillion marta yorqinroq ekani aytilgan.Ronaldu pudeli
Itlarning jahonga dong‘i ketgan ko‘rgazmasi “Crufts Dog Show”da Ronaldu nomi bilan yuritiluvchi it zoti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Pudel britaniyalik Debbi Elrikka tegishli bo‘lib, portugaliyalik futbolchi kabi foydali ekani aytilgan. To‘g‘ri, Ronaldu bor yo‘g‘i 3-o‘rindan hech qachon xursand bo‘lmasdi...Ronalduning o‘g‘li
Futbolchining zurriyodini ham unutmaslik kerak. O‘g‘il otasining sharafiga Krishtina-kichkina deb yuritiladi.
Izoh (0)