21-asrda Xitoy dunyoning eng seraholi davlatlari ro‘yxatini boshqarib kelmoqda, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari esa faol o‘sib bormoqda. Мamlakat qadim madaniyatga ega, xotirjamlik muhiti va bir maromdagi hayot tarzi esa bugungi kungacha sezilib turadi. Travelask tomonidan tayyorlangan quyidagi fotojamlanma zamonaviy Xitoyning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Dengiz piyoda askarlarining harbiy mashg‘uloti.
Mamlakatda aholi ko‘p bo‘lgani uchun haqiqiy ko‘p qavatli “chumoli uyalari” qurishga to‘g‘ri keladi. Mazkur daha Gonkongda suratga tushirilgan.
Xitoyliklar ko‘pincha niqob va respiratorlarda yurishlariga to‘g‘ri keladi, chunki havodagi zararli moddalar darajasi me’yordagidan salkam besh barobar ko‘p.
Shanxaydagi mashhur 468 metrli “Sharq durdonasi” teleminorasi.
Foto: Travelask
Xanchjou temir yo‘l bekatidagi odatiy kun.
Chjenchjouda mazkur hudud quyuq zaharli havo bo‘lmaganida qanday ko‘rinish kasb etishini ko‘rsatadigan teleekran o‘rnatilgan.
Sertarda Tibetning sirli makoni va buddaviylar uchun eng ahamiyatli manzil — Larung Gar buddaviylar akademiyasi joylashgan.
Guanchjoudagi ulkan teleminoraning eng yuqorisida shunday kabinkalar yuradi va u yerdan ajoyib manzaralarni tomosha qilish mumkin.
Xitoycha ko‘cha san’ati.
Mazkur yo‘llar yuqoridan haqiqiy labirintga o‘xshaydi.
Bu ruhoniy Syuanchjouda uch yil avval, 94 yoshida vafot etgan va hurmat tariqasida tanasi mo‘miyolashtirilgan.
Xitoy yangi yili uchun bezatilgan Pekindagi ko‘cha.
Gonkongdagi osmono‘par binolar qurshovida qolgan qishloq.
Pekindagi Tyananmen maydonida bayroq ko‘tarish marosimida selfi tayoqlari Xitoyda qanchalik ommalashganini payqash mumkin.
Xitoylik harbiy Chaoxu okrugidagi (Anxoy provinsiyasi) mashqlar chog‘ida.
Foto: Travelask
Izoh (0)