Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova Instagram’dagi sahifasiga ancha ulg‘ayib qolgan qizining ilk suratini joylashtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Mening qo‘g‘irchog‘im, ovunchog‘im”, – deya izohladi xonanda ushbu suratni. Suratda jajji Dilso‘zning qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Dilso‘z 2015-yilning 18-oktabr kuni qiz farzandlik bo‘lgan va unga Dilso‘z deya ism qo‘ygan. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlarning turmush qurishi munosabati bilan tashkil etilgan to‘y marosimlari 2015-yil 15-aprelida Navoiyda, 21-aprelida esa Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)