Ispaniyaning “Sevilya” futbol klubi Yevropa Ligasining finalida “Liverpul”ni mag‘lub etgach, mazkur musobaqadagi sovrinlar soni bo‘yicha ispanlar Italiyadan o‘tib ketdi.
18-may kungi finalga qadar Ispaniya va Italiya jamoalari nufuzi jihatdan Yevropaning ikkinchi raqamli klublari musobaqasi bo‘lgan Yevropa Ligasida (sobiq UEFA Kubogi) 9 martadan zafar quchgandi, deb xabar berdi “Chempionat”. “Sevilya” esa o‘zining beshinchi sovrini bilan Ispaniyani mutlaq yetakchiga aylantirdi.Ma’lumot uchun, “Sevilya”ning 5 ta kubogidan tashqari Madridning “Real” va “Atletiko” klublari 2 martadan, shuningdek, “Valensiya” 1 marta Yevropa Ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)