Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA)ga yangi prezident tayinlangunga qadar fransiyalik Mishel Platini tashkilot rahbari bo‘lib qoladi. Bu haqda UEFA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Teodor Teodoridis matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“UEFAga yangi prezident tayinlangunga qadar Mishel Platini tashkilot rahbari bo‘lib qoladi. Platini UEFAdan ketmadi. Shu sababli, tashkilot saytida u prezidentligicha qoladi”, – dedi Teodoridis.
Fransiyalik mutasaddi 2007-yildan buyon UEFAni boshqarib kelmoqda. 2011-yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platiniga 2 million Shveysariya frankini noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani uchun 2015-yilning dekabr oyida sakkiz yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik ushbu chetlashtirish olti yilga qisqartirildi. Shunday so‘ng, Platini Lozannadagi (Shveysariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga chetlashtirish muddatini qisqartirish bo‘yicha apellyatsiya berdi. Uning apellyatsiyasi qisman qoniqtirildi – diskvalifikatsiya muddati olti yildan to‘rt yilgacha, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogacha qisqardi.
9-may, dushanba kuni Sport arbitraj sudining e’lon qilgan qaroridan so‘ng, Mishel Platini UEFA prezidenti lavozimini tark etish istagini bildirgan edi.
Izoh (0)