Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Bryusselda sodir etilgan teraktlar munosabati bilan hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bosh vazir Bryussel voqealari munosabati bilan vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi”, — deb ma’lum qildi bosh vazirning matbuot xizmati.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida xabar berildi.