Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksion uyi kam nusxada (ba’zilari yagona nusxada) ishlab chiqarilgan retro-avtomobillar savdosini uyushtirdi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.
Sotuvga 31 avtomobil qo‘yilgandi. Ularning eng qiziqarli va chiroylilari bilan quyidagi fotogalereyada tanishish mumkin.Ferrari 250 GT kabrioleti
Ushbu go‘zal avtomobil 1958-yilda ishlab chiqarilgan.Ferrari 290 MM
1956-yili argentinalik mashhur poygachi Xuan Manuel Fanxio uchun ishlab chiqarilgan mazkur kamyob avtomobil kimoshdi savdolari chog‘ida 28 million dollarga baholandi — bu 2015-yilda sotilgan avtomobillar orasida eng yuqori narxdir.Mercedes-Benz 300 SL
Mercedes’ning bu maftunkor modeli 1955-yilda tayyorlangan.Bugatti Type 57C Atlante
Italiyalik mazkur “toychoq” 1938-yilda ishlab chiqarilgan.Aston Martin DB4 Zagato
1962-yilda ishlab chiqarilgan Aston Martin’ning mazkur modeli kimoshdi savdosi orqali sotilgan eng qimmat Britaniya avtomobiliga aylandi. U 14,3 million dollarga baholandi.Lamborghini Miura P400 SV
O‘z vaqtida bu avtomobil Lamborghini tomonidan ishlab chiqarilgan sportkarlar orasida eng chiroylisi, deb topilgan. U 1972-yilda ishlab chiqarilgan.Porsche 356SC
Amerikalik rok-xonanda Jenis Joplinga tegishli bo‘lgan, 1964-yilda ishlab chiqarilgan bu mashina kimoshdi savdosida 1,76 million dollarga sotildi.
Izoh (0)