Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Qipchoq ovulida qishloq shifoxonasi binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: uza.uz

Foto: uza.uz

Butunlay yangi qiyofa kasb etgan shifoxona binosida 2 milliard 400 million so‘mlikdan ortiq qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy asbob-uskunalar, tashxis apparatlari bilan jihozlandi.

– Mukammal ta’mirdan so‘ng shifoxonamiz g‘oyat ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi, – deydi shifokor Gulora Abdullayeva. – Keng va yorug‘, ozoda xonalarda shifokor va bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalarda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati yanada kengaydi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev so‘zga chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi