Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh va Yangi Zelandiya geofiziklari Shimoliy orol yerosti suv havzalarida yirik oltin va kumush zaxiralarini aniqladi, deya xabar bermoqda “Phys.org”.

Foto: wikipedia.org

Foto: wikipedia.org

Shimoliy orolda qimmatbaho metallarning jami oltita yirik koni topildi, ular Taupo vulqon hududida joylashgan. Olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, konlarda qazib olish ishlari boshlansa, oltin qazib olishdan yiliga 3 milliard dollar, kumushdan 3,5 milliard dollar foyda olinadi.

Olimlar ta’kidlashicha, perspektiv konlarga ishlov berish uchun foydali qazilmalarni xavfsiz ravishda qo‘lga kiritishda zarur texnologiyalarni ishlab chiqish kerak, chunki Taupo vulqon hududida shu nomdagi krater ko‘li bor, u yangi zelandiyalik va chet ellik sayyohlar orasida ommabop dam olish joyidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi