AQShdagi otishma natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi yaralandi
Nyu-York shtatining g‘arbida joylashgan Rochester shahrida yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa 19-avgust, chorshanba kuni kechqurun Boys and Girls Club jamoat tashkiloti binosi yaqinida sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha ma’lum qilinmadi.
Voqea joyiga politsiya yetib keldi. Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar