Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 10—12-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida, shahar hokimligi tashabbusi bilan YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi va Xalq ustalari, musavvirlari va hunarmandlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda “Atlas bayrami” festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Hunarmand” uyushmasi Marg‘ilon bo‘limi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: engilsanoat.uz

Foto: engilsanoat.uz

Festival doirasida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ipakli mato to‘quvchilar, kashta tikuvchilar, gilam to‘quvchilar, milliy qo‘g‘irchoq yasovchilar, milliy matolardan libos yaratuvchi hunarmandlar o‘rtasida eng yaxshi ekologik toza mahsulot va an’anaviylikni saqlagan mahsulotlarni aniqlovchi “Sifat belgisi” ko‘rik tanlovi, Marg‘ilon “Markaziy istirohat bog‘i”da hunarmandlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, shahardagi kasb-hunar kolleji o‘quvchilari va yosh hunarmandlarga malakali hunarmandlar, Janubiy Koreyadan 6 nafar mutaxassis, YuNESKOni O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilayotgan bangladeshlik dizayner Bibi Rassel tomonidan master-klasslar va milliy matolardan yaratilgan liboslar namoyishi o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar