Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveysariyaning Gshtad shahrida o‘tkazilgan Suisse Open Gstaad an’anaviy xalqaro turnirining juftliklar musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: olympic.uz

Foto: olympic.uz

Belaruslik sherigi Aleksandr Buriy bilan bahslarga kirishgan Denis hal qiluvchi final uchrashuvida avstriyalik Oliver Marak va pokistonlik Aysam-ul-Haq Qureyshi juftligini 3:6, 6:2, 10:5 hisobida mag‘lub etdi.

Ta’kidlash joizki, bu Denis Istominning so‘nggi ikki oyda qo‘lga kiritgan ikkinchi sovrinidir. O‘zbekistonlik tajribali tennischi 20—27-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida ham g‘oliblikka erishgan edi.

Ma’lumot uchun. Gshtaddagi xalqaro turnirning mukofot jamg‘armasi 439 405 yevroni tashkil qilib, juftliklar musobaqasida g‘oliblikka erishgan sportchilarga 24 800 yevrodan beriladi. Bundan tashqari, Denis Istomin va Aleksandr Buriy 250 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Denis Istomin juftliklar reytingida 112-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi