Taniqli Gollivud aktyori Mikki Rurk kuzda ringga qaytishni va olti raundlik boks musobaqasida qatnashishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “TASS”.
“Jang kuzga rejalashtirilmoqda. Hozircha biz variantlarni ko‘rib chiqyapmiz. Bu olti raundlik boks bo‘ladi. Mikki bir yarim oydan buyon shug‘ullanmoqda”, — dedi uning menejeri Vadim Kornilov.
2014-yil noyabr oyida Rurk 20 yillik tanaffusdan keyin ringga qaytgan edi. 62 yoshli aktyor Moskvada shu paytgacha o‘nta jangda 1 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan amerikalik Elliot Seymurni nokautga uchratgan edi.