Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: ibnlive.in.com

Foto: ibnlive.in.com

Denis ilk davrada ispaniyalik Nikolas Almagroni 6:4, 6:1 hisobida taslim etgandi.

Istomin ikkinchi davra bahsida Xuan Monakoni ortiqcha qiyinchiliksiz 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. E’tiborlisi, argentinalik tennischi dunyo reytingida 35-pog‘onadan joy olgan bo‘lib, ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlagan edi.

Taqqoslash uchun, Istomin ATP reytingida 83-o‘rinni egallab turibdi. Endi o‘zbekistonlik tennischi navbatdagi bosqich uchrashuvida Sergey Staxovskiy bilan to‘qnash keladi. Ukrainalik raketka ustasi 23-iyun kuni Stiv Jonsonni 6:4, 6:3 hisobida yengdi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning mukofot jamg‘armasi 644,065 yevrodan iborat. G‘olib 79,345 yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi