Ertaga, 9-iyun kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Uz24.uz”.
Shamol tezligi 7−12 metr/sekunddan 15−20 metr/sekundgacha chiqishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘lishiga qaramay kunduzi havo harorati 38−39 darajaga chiqishi aytilgan.
Izoh (0)