Iste’dodli ijodkor Lola Yo‘ldosheva o‘zining “yulduzlik kasalligini yuqtirib olmasligi”ga yordam beruvchilar haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.
Lolaning so‘zlariga ko‘ra, uni bu “kasallik”dan atrofini o‘rab turgan kerakli, to‘g‘ri insonlar saqlab qolmoqda.
“Meni kerak bo‘lsa, o‘z vaqtida o‘z joyimga qo‘yib qo‘yishadi, – deya kuladi xonanda. – Bizning kasbimiz o‘zi shunday. ‘Yulduzlik kasalligi’ o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi, sen buni nazorat qila olmaysan! Chunki sen doim diqqat-markazda bo‘lasan. Qarabsanki, o‘zing sezmagan holda o‘zgarasan!
Bunday paytda yoningda seni o‘z joyingga qo‘yib qo‘yadigan, ‘Sen ham hamma qatori insonsan! Osmondan pastga tush!’ deb turadigan insonlar kerak. Bu mening erim! Qolaversa, birinchi navbatda mening onam – darrov meni o‘zimga keltirib qo‘yadigan, menga doimo eng kerakli maslahatlarni beradigan hamda ‘burnim ko‘tarilib’ ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan inson. Ota-onamning bergan oqilona tarbiyasi ham. Qolaversa, onam haligacha menga tarbiya beradilar”.
Izoh (0)