Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bishkek shahrida o‘tgan “Qirg‘iziston — qisqa metrajli filmlar mamlakati” IV xalqaro festivalida o‘zbekistonlik iqtidorli operator va rejissyor Aziz Ahmedjanov maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Sharh.uz”.

Foto: sharh.uz

Foto: sharh.uz

Mazkur kinofestivalda MDH, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va gruziyalik kinoijodkorlar o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Festival ikkita tanlov dasturini o‘z ichiga olgan bo‘lib, har biri to‘rtta nominatsiya bo‘yicha baholandi. Festivalda badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyish etildi. Uch kun davomida tomoshabinlar ham o‘ziga manzur bo‘lgan film uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi.

Xalqaro kinofestivalda operator va rejissyor Aziz Ahmedjanov “16-uy” nomli kinokartinasi bilan ishtirok etdi va hay’at a’zolarining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu kinoasar Ikkinchi jahon urushi voqealari haqida hikoya qiladi. Film ssenariysi Madina Yo‘ldosheva bilan hamkorlikda yozilgan. Bosh rolni Fatxulla Ma’sudov ijro etgan.

Festival g‘oliblari esdalik sovg‘alari — kinofestivalning maxsus statuetkasi va diplom bilan taqdirlandi. Aziz Ahmedjanov ayni paytda okean ortida tahsil olayotgani sababli festivalda shaxsan o‘zi ishtirok eta olmadi — mukofot uning dadasi Azimjon Axmedjanovga topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin