“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YeChL doirasida “Ludogorets” darvozasiga urilgan gollarning (4:0) birinchisini penaltidan urdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi Chempionlar ligasidagi 72-golini urdi va bu ko‘rsatkich orqali madridliklarning sobiq hujumchisi Rauldan (71 ta gol) o‘tib ketdi. Bu yo‘nalishdagi rekord “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga tegishli bo‘lib, uning hisobida 74 ta gol bor.
Raul yevrokuboklardagi umumiy gollar bo‘yicha barchani ortda qoldirmoqda — 76 ta. Messi va Ronaldu hisobida 75 tadan gol bor.
Izoh (0)