Ledi Gaga Madonnani yosh san’atkorlarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lish va yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni istamaslikda ayblab, qattiq tanqid qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Greek People jurnaliga bergan intervyusida Ledi Gaga o‘zining kuylash uslubi va musiqa borasidagi didiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan qo‘shiqchilar sifatida Devid Boui, Freddi Merkyuri va Maykl Jeksonlarni sanab o‘tdi.
Gaganing ta’kidlashicha, agar yosh xonandalarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lmaganida, bu ro‘yxatga Madonnani ham kiritgan bo‘lar edi. “Ha, men Madonnani bu ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lar edim, ammo noma’lum bir tuyg‘u mening bunday qilishimga to‘sqinlik qiladi. Agar men shou-biznesda shunchalik ahamiyatga ega shaxs bo‘lganimda, albatta musiqa olamiga ilk qadam qo‘yganlarga yordam berar edim”, — dedi u.
Shunday bo‘lsa-da, Madonnaning Ledi Gaga ijodiga ta’siri xonandaning musiqasida ham, sahna imijida ham seziladi.
Izoh (0)