Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu chap tizzasidagi og‘riqlar sabab jamoa mashg‘ulotlarini muddatidan avval yakunladi, deya xabar beradi “Kun” Goal.com ma’lumotiga tayanib.

Foto: nydailynews.com

Foto: nydailynews.com

29 yoshli futbolchi og‘riq bezovta qilayotgan mushagiga yopishtirilgan muzli xalta bilan mashg‘ulotni tark etgan. Jarohatning qanchalik jiddiy ekanligi to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, portugaliyalik futbolchi tizza osti paylarining yallig‘lanishidan tiklanib, 8-iyunda mashg‘ulotlarga qaytgan edi.

Agar Ronaldu jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi oydinlashsa, Portugaliya milliy terma jamoasi FIFA qoidalariga binoan uni 15-iyunga qadar boshqa futbolchiga almashtirishi mumkin.

JCh—2014 guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Germaniya (16-iyun), AQSh (23-iyun) va Gana (26-iyun)ga qarshi o‘ynaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi