Sankt-Peterburgda 7 yildan beri ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik migrant yong‘in payti bir nechta ayolni qutqarib, qahramonga aylandi.
Qayd etilishicha, 25-aprel tongida Sankt-Peterburgning Podolskaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli tarixiy uyda yong‘in chiqqan. Holatdan xabar topgan Olim ismli o‘zbekistonlik migrant hodisa joyiga birinchi bo‘lib yetib borgan.
Ertalab ishga kelganimda soat 06:00 edi. Qarasam, derazadan olov chiqyapti. Shu zahoti o‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qildim. Ular yetib kelgan vaqtda olov kuchaygani sabab odamlar derazadan chiqa boshladi… Ayollar baqirib, sakramoqchi bo‘lganini ko‘rdim. Ularga sakramasliklarini aytdim. O‘t o‘chiruvchilar narvonini ocha boshladi, — deydi Olim.
Qo‘rquvdan sakrashga shay odamlarni qutqarishga o‘zbekistonlik erkak ham bel bog‘laydi. U suv oqishiga mo‘ljallangan truba orqali yuqoriga ko‘tarilib, ayollarga yordam ko‘rsatgan.
Rossiyaliklar 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosini “haqiqiy qahramon” deb atamoqda. Olimning o‘zi O‘zbekistonda desant bo‘linmalarida xizmat qilgani va boks bilan shug‘ullanganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Moskvada yonayotgan xonadondan ayolni qutqarib qolgan 24 yoshli o‘zbekistonlik taqdirlangan edi.
Izoh (0)