AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyning AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish va aralashishga urinishlarini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bunday harakatlar to‘xtatilishiga ishonch hosil qilmoqchi. Bu masala Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan uchrashuvda muhokama qilindi, deya aniqlik kiritdi Blinken.
“Umuman olganda, biz saylovga ta’sir o‘tkazish va, ehtimol, aralashuvga urinishlarning dalillarini qo‘lga kiritdik. Xitoyning saylovlarimizga har qanday aralashuvi biz diqqat bilan kuzatadigan narsalardan biridir va buni mutlaqo qabul qila olmaymiz. Shuning uchun men bu safar Xitoy so‘zlarimizni eshitishiga ishonch hosil qilmoqchi edim”, — dedi AQSH davlat kotibi.
CNN manbalarga tayanib xabar berishicha, 2023-yil noyabrida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan sammitda Si Szinpin AQSH prezidenti Jo Baydenga Xitoy Amerika saylovlariga aralashmasligiga vaʼda bergan edi. Mamlakatlar vakillarining keyingi uchrashuvlarida, CNN qayd etishicha, bu masala qayta-qayta muhokama qilingan.
24—26-aprel kunlari Entoni Blinken Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘ldi. U Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi va Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Izoh (0)