Daryo

“Putin va Tramp bilan uch tomonlama uchrashuv rejalashtirilmoqda” — Zelenskiy 

Ukraina prezidenti Rossiya va AQSH rahbarlarining uchrashuvlari ularning ikki tomonlama munosabatlari uchun muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, Ukraina ishtirokisiz hech narsa hal qilinmasligini bildirgan

1 daqiqa o‘qish4 668 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zi hamda Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan uch tomonlama uchrashuv rejalashtirilganini, biroq muzokaralar sanasi hali belgilanmaganini ma’lum qildi.

Foto: Kollaj
“Shubhasiz, biz rahbarlar darajasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazamiz, ammo men sanasini bilmayman”, degan u Putin va Trampning Alyaskadagi kelgusi muzokaralarini sharhlash chog‘ida.

Ukraina prezidenti Rossiya va AQSH rahbarlarining uchrashuvlari ularning ikki tomonlama munosabatlari uchun muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, Ukraina ishtirokisiz hech narsa hal qilinmasligini bildirgan.

“Putin va Trampning suhbati ularning ikki tomonlama munosabatlari uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Ammo Ukraina masalasida bizsiz hech qanday qaror qabul qilinmaydi. AQSH prezidenti buni tushunadi deb ishonaman”, dedi Zelenskiy.

Putin va Trampning uchrashuvi 15-avgust kuni Alyaskada o‘tkazilishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlari muzokaralarining asosiy mavzusi Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘ladi. Xususan, prezidentlar hududlarni almashish va Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi haqida gaplashishlari mumkin

AQSH prezidenti Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish muhokamasi doirasida “hududlar almashinuvi” masalasi ko‘tarilayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, u yo‘qotilgan hududlarning bir qismini Kiyevga qaytarishga urinib ko‘rishini bildirgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar