Daryo

Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

Amerika prezidenti qaysi hududlarni almashishni nazarda tutayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q

1 daqiqa o‘qish7 594 ko‘rishlar0 izoh0

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvda Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishga umid qilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Tramp 6-avgust kuni Yevropa va Ukraina davlatlari yetakchilari bilan suhbatlashib, o‘t ochishni to‘xtatish borasida optimistik munosabatda ekanligini bildirgan. 

Foto: Reuters

Bloomberg manbalarining aytishicha, AQSH prezidenti tomonlar hududlar almashinuvi masalasini muhokama qilsa, Putin tinchlik muzokaralariga tayyor bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Manbalar aynan qanday hududlar nazarda tutilayotganini aniqlashtirmagan.

Rossiya va AQSH prezidentlari yaqin orada uchrashishi kutilmoqda. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 6-avgust kuni Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida shunday kelishuvga erishgan.

G‘arb OAVlariga ko‘ra, Putin bilan bo‘ladigan uchrashuvdan so‘ng Tramp Rossiya va Ukraina yetakchilari bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishga umid qilmoqda. Biroq Ukarina yetakchisi bilan uchrashuv haqidagi xabarlarga Rossiya tomoni munosabat bildirgani yo‘q.

Rossiya 2022-yilda o‘z nazoratiga olganini e’lon qilgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporija viloyatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rtashini xohlamoqda. Biroq urush boshlanganiga uch yildan oshgan bo‘lsa-da, Rossiya armiyasi bu hududlarning birortasini to‘liq egallay olgani yo‘q. Bundan tashqari, Rossiya Sumi va Xarkov viloyatlarining ayrim qismlarini nazorat qilmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar