• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “50 ming falastinlikning o‘limi kelajak uchun muhim” — Isroil sobiq razvedka generali

    Isroil harbiy razvedkasi boshqarmasining sobiq generali Aharon Halivaning maxfiy audioyozuvlari Isroilning Channel 12 telekanali tomonidan internetga sizdirildi. Unda general G‘azoda halok bo‘layotgan o‘n minglab falastinliklarning o‘limini “kelajak avlodlar uchun zarur va muhim” deb aytadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

    Foto: CNN
    Foto: CNN

    Sobiq generalning ta’kidlashicha, Isroil tomonidan boy berilgan har bir qurbon evaziga 50 nafar falastinlik halok bo‘lishi lozim.

    “7-oktyabr voqealaridagi har bir qurbon evaziga 50 nafar falastinlik halok bo‘lishi kerak. Bu qurbon bola yoki katta bo‘lishidan qat’iy nazar, ahamiyatsiz. Fakt shuki, G‘azoda allaqachon 50 ming kishi o‘lgan va bu kelajak uchun zarur”, degan Haliva.

    Generalning aytishicha, falastinliklar har safar bir “nakba”ga (arabchada katta fojia) duch kelishi kerak, toki ular qilmishlarining oqibatini his qilsinlar”. Nakba — falastin tarixidagi eng qayg‘uli voqealardan biri bo‘lib, 1948-yilda Isroil davlati tuzilgan paytda 700 mingdan ortiq falastinlik o‘z uyidan quvib chiqarilgandi.

    Haliva 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMASning Isroil janubiga qilgan hujumi vaqtida razvedka boshlig‘i bo‘lgan. O‘sha hujumlarda 1200 kishi halok bo‘lgan, 250 kishi garovga olingan edi. U 2024-yil aprelida rahbarlik mas’uliyatini tan olib, iste’foga chiqqan birinchi yuqori martabali ofitserga aylangan. Audioyozuvlarda Haliva faqat armiya emas, balki Isroil siyosiy rahbariyati va xavfsizlik xizmati (Shin Bet) ham 7-oktyabr fojiasiga mas’ul ekanini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, rahbariyat HAMAS hujum qilmaydi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.

    Haliva Channel 12 ga bergan izohida gaplari “yopiq forumda aytilgani”ni ta’kidlab, bu “to‘liq vaziyatni ifodalamaydi” degan. Shuningdek, u gaplaridan afsusda ekanini ham bildirgan. HAMAS Halivaning gaplarini qoralab, “bu yozuvlar falastinliklarga qarshi jinoyatlar yuqori darajadagi siyosiy va xavfsizlik qarorlari asosida amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi”, deya bayonot bergan.

    Isroil G‘azodagi urush sabab tobora ko‘proq xalqaro bosim ostida qolmoqda. Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Laksonga ko‘ra, Benyamin Netanyaxu “vaziyatni butunlay boy bergan”, G‘azo shahrini bosib olish esa “qabul qilib bo‘lmaydigan ish”. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen esa Netanyaxuni “o‘zi alohida muammoga aylangan shaxs” deb ta’riflamoqda.

    BMT maxsus qo‘mitasi 2024-yil noyabr oyida Isroilning G‘azodagi harakatlari “genotsid belgilari bilan mos kelishini” ta’kidlagandi. Iyul oyida esa ikki isroillik huquq tashkiloti mamlakatni “genotsid sodir etayotganlikda” ayblagan. Yahudiy armiyasi esa bunday da’volarni qat’iyan rad etib, o‘z harakatlari xalqaro huquqqa mos ekanini bildirmoqda.

    19 avgust, 10:56   Izoh (0)   3594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#audioyozuv#G‘azo#sobiq#general#razvedka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.