• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Layfstayl Ilm-fan

    Efiopiyada 2,8 mln yil oldin yashagan noma’lum odam turi topildi

    Efiopiyaning shimoli-sharqidagi Afar mintaqasida olib borilgan ko‘p yillik arxeologik tadqiqotlar davomida qadimiy toshqotgan tishlar topildi. Olimlarning farazicha, bu tishlar 2,6–2,8 million yil avval aynan shu yerda ikki xil inson ajdodi yashaganini ko‘rsatadi. Qizig‘i shundaki, ulardan biri ilm-fanga hali noma’lum bo‘lgan yangi tur bo‘lishi mumkin. Bu haqda CNN xabar berdi.

    Foto: CNN
    Foto: CNN

    Ma’lum qilinishicha, 2015-yilda topilgan 3 ta tish homo turiga mansub bo‘lsa, 2018–2020-yillarda aniqlangan 10 ta tish avstralopitek turiga tegishli ekani qayd etilgan. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan. 

    Foto: CNN
    Foto: CNN

    Olimlarning qayd etishicha, bunday bir davrda ikki xil turning yonma-yon yashaganini ko‘rsatuvchi topilmalar juda kam uchraydi. Ilgari homo turi (hozirgi zamonaviy odam) avstralopitekdan keyin paydo bo‘lgani taxmin qilinardi.

    “Ikki tur bir vaqtda bir joyda yashaganini aniqladik. Inson evolyutsiyasi to‘g‘ri chiziq emas, balki sershox daraxtga o‘xshaydi”, dedi tadqiqot mualliflaridan biri Kaye Rid.

    Uning ta’kidlashicha, ayrim turlar yo‘qolib ketgan, boshqalari esa makon va zamonga moslashgan, hatto ba’zilarining keyinchalik boshqa turlar bilan aralashib ketgani ham ma’lum. Mashhur “Lyusi” nomi bilan tanilgan avstralopitek afarensis ham ilk odam ajdodlaridan biridir. Bunday odam qoldiqlari ham 1974-yilda Efiopiyada topilgan bo‘lib, insoniyatning qadimiy ajdodlari tik turib yurganini isbotlab bergan edi. Yangi topilgan tishlar esa “Lyusi”dan keyingi davrda yashagan, ammo hozirgacha noma’lum bo‘lgan yangi avstralopitek turiga tegishli bo‘lishi mumkin.

    Afar mintaqasi olimlar uchun qadimiy odamzod tarixi bo‘yicha eng muhim hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda qadimiy tosh qurollar, turli hayvonlar qoldiqlari va inson ajdodlariga oid ko‘plab topilmalar aniqlangan. Hudud geologik jihatdan ham noyob: tektonik plitalar harakati sabab yerning qadimiy qatlamlari ochilib, deyarli 5 million yillik tarixni o‘rganish imkonini bermoqda.

    Mutaxassislarning aytishicha, hozircha faqat tishlar topilgani bois aniq yangi tur deb e’lon qilishga erta. Ammo keyingi qazilmalar davomida boshqa suyak qismlari topilsa, inson evolyutsiyasidagi eng sirli davrlardan biri — 3 milliondan 2 million yilgacha bo‘lgan davr yanada oydinlashishi mumkin. Shu tariqa, Afarda topilgan tishlar insoniyat kelib chiqishi haqidagi katta savollarga javob izlashda muhim dalil bo‘lib xizmat qilmoqda.

    20 avgust, 15:00   Izoh (0)   1071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Efiopiya#odam turi#million yil oldin#aniqlandi#homo#avstralopitek

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Investitsiya kodeksi ishlab chiqiladi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 10:23

    “Manchester Yunayted” futbolchisi faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin

    Sport | 21 avgust, 10:10

    Polshaga Rossiya droni qulab tushdi va portladi

    Dunyo | 21 avgust, 09:50

    Superliga. “Sho‘rtan” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahsda gollar “otishmasi”, “Dinamo” esa Jizzaxda durang o‘ynadi (video)

    Sport | 21 avgust, 09:17

    Surxondaryoda energetika sohasi mansabdori, Farg‘onada Xalq qabulxonasi xodimi pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 09:12

    Hande Erchel IMDb talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal aktrisalari ro‘yxatida yagona turk ayoliga aylandi

    Shou-biznes | 21 avgust, 09:00

    Isroil G‘azo shahrini to‘liq egallashga kirishdi: 60 ming zaxira askar safarbar qilinmoqda (video)

    Dunyo | 21 avgust, 08:54

    Bakalavr imtihoni ballari asosida texnikum tanlash qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 06:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.