Daryo

O‘zbekistonning korrupsiya indeksidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘istonda yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi

1 daqiqa o‘qish14 741 ko‘rishlar0 izoh0

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2024-yil natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston o‘rni o‘zgarishsiz qoldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Indeksdagi 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 32 ball bilan 121-o‘rinni egalladi. Mamlakat 2023-yilgi indeksda ham shunday o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Undan avvalgi yil esa 126-o‘rinni qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rni quyidagicha:

  • Qozog‘iston 88-o‘rin (5 pog‘ona yuqorilagan)
  • Qirg‘iziston 146-o‘rin (5 pog‘ona pastlagan
  • Tojikiston 164-o‘rin (2 pog‘ona pastlagan)
  • Turkmaniston 165-o‘rin (5 pog‘ona yuqorilagan).

2024-yilgi indeks shuni ko‘rsatadiki, korrupsiya dunyoning har bir qismida xavfli muammo hisoblanadi, ammo ko‘plab mamlakatlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Korrupsiya iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq harakatlar uchun asosiy tahdiddir. U chiqindilarni kamaytirish va global isishning muqarrar oqibatlariga moslashish yo‘lidagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilmoqda.

Korrupsiya — rivojlanib borayotgan global tahdid bo‘lib, u nafaqat taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi, balki demokratiyaning inqirozi, beqarorlik va inson huquqlari buzilishining asosiy sababchisidir. Xalqaro hamjamiyat va har bir mamlakat korrupsiyaga qarshi kurashni o‘zining eng ustuvor va uzoq muddatli vazifasi sifatida belgilashi lozim.

Bu avtoritarizmga qarshi turish hamda tinch, ozod va barqaror dunyoni ta’minlash uchun g‘oyat muhimdir. Bu yilgi Korrupsiyani qabul qilish etish indeksida aniqlangan xavfli tendensiyalar global korrupsiyaga qarshi kurashish uchun hoziroq aniq choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda”, deydi Transparency International raisi Fransua Valerian.

Ma’lumot uchun, Transparency International 2021-yilgi reytingida O‘zbekiston 2020-yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egallagandi. Mamlakat 2020-yilda ham korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, reytingda 180 ta davlat orasida 146-o‘rinni egallagandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar