OSTIM Global sanoat zonasi 100 gektarlik infratuzilmani o‘z ichiga oladi va biznesni boshlash yoki kengaytirish uchun ideal sharoitlarni taklif etadi.
OSTIM Global — sanoat rivojlanishining yetakchilaridan biri hisoblangan, 50 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Turkiyaning nufuzli OSTIM sanoat zonasi xalqaro bo‘limidir. Bugungi kunda kompaniya Turkiya-O‘zbekiston sanoat zonasini va shu bilan birga jarayonda boshqaruv tajribasi hamda texnik bilimlarni faol rivojlantirmoqda.
O‘zbekiston markazida yangi sanoat markazi
OSTIM Global sanoat zonasi Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan 100 gektarlik sanoat markazi bo‘lib, ishlab chiqarish, logistika va investitsiyalar uchun mo‘ljallangan. Loyihaning asosiy yo‘nalishi — barqaror rivojlanish bo‘lib, investorlar uchun biznesni rejalashtirishdan tortib, qurilish, ishlab chiqarish ishga tushirilishi va eksportga chiqishgacha bo‘lgan bosqichlarda to‘liq hamrohlikni ta’minlaydi.
Barcha kommunikatsiyalar
Har bir uchastka elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya va gaz tarmoqlariga ulanadi. Alohida elektr podstansiyasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu energiya mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa investorlarni infratuzilma xatarlaridan xalos qiladi va darhol faoliyat boshlash imkonini beradi.
Qulay logistika
Toshkent halqa avtomobil yo‘li (THAY) yaqinidagi joylashuv tufayli mamlakatning barcha hududlariga tez va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati mavjud. Bu esa zonani strategik jihatdan muhim logistika markaziga aylantiradi.
“Yagona darcha” tizimi
OSTIM Global tomonidan biznes yuritish bo‘yicha to‘liq xizmatlar taqdim etiladi — ruxsatnomalar, litsenziyalar olishdan tortib, ishlab chiqarish jarayonini ishga tushirishgacha. Kompaniya jamoasi ma’muriy ishlarni o‘z zimmasiga oladi va investorlar vaqtini tejashga yordam beradi. Xizmatlar pullik asosda ko‘rsatiladi, biznes ehtiyojlariga qarab paket tanlash imkoniyati mavjud.
24/7 xavfsizlik va nazorat
Hududda tun-u kun qo‘riqlash xizmati faoliyat yuritadi hamda yong‘inga qarshi stansiya tashkil etilgan. Obyektlar va xodimlar xavfsizligi OSTIM Global’ning asosiy vazifasidir.
Xodimlar uchun qulay muhit
Hududda to‘laqonli ijtimoiy infratuzilma yaratilmoqda: bolalar bog‘chasi, maktab, kollej, tibbiyot muassasasi, sport maydonchalari, mehmonxona, ko‘rgazma markazi va savdo markazi rejalashtirilgan. Bu esa ish va yashash uchun qulay muhitni shakllantiradi.
Qurilish jarayonidagi obyektlar sotuvga tayyor
Investorlar va hamkorlar uchun mehmonxona sharoitlari, korporativ tibbiy xizmatlar tashkil etish imkoniyatiga ega zamonaviy poliklinika, oilali xodimlar uchun maktab va bolalar bog‘chasi, xodimlar salomatligi va biznes uchun sport majmuasi kabi ijtimoiy va tijorat infratuzilmalari qurilish jarayonida. Ular sotib olish, ijaraga olish yoki investitsiya kiritish uchun ochiq bo‘lib, bu nafaqat ishlab chiqarishni, balki yashash va ishlash uchun to‘liq ekotizim yaratish imkonini beradi.
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani
Batafsil ma’lumot: +998 77 124 10 10
Instagram
Youtube
Facebook
Telegram
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)