• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Onlayn platformalar va veb-saytlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga qanday yangi tushunchalar kiritildi? Bu nima beradi?

    Internet rivojlanayotgani sayin unda yangidan yangi munosabatlar paydo bo‘layotganini kuzatmoqdamiz. Albatta, bu yangi imkoniyatlar, yengilliklar taqdim etishi bilan eʼtiborga loyiq. Ammo, bu jarayon, o‘z navbatida, davlat oldiga jamiyatda axborot xavfsizligini kuchaytirish bilan bog‘liq vazifalarni ham dolzarblashtirmoqda. Shu maʼnoda, O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan fuqarolarning onlayn platformadagi huquqlarini taʼminlash borasida muhim qonunchilik tashabbuslari amalga oshirilayotganligini olqishlash kerak.

    “Onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi onlayn media makonda isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

    Raqamli muloqot rivoji xalq tilida ham yangi atamalarni, yangi tushuncha va yangi subyektlar paydo bo‘lishini yuzaga keltiradi. Ammo normativ-huquqiy hujjatlarda ularning huquq va majburiyatlari belgilanmaganligi qonunbuzilishi holatlariga zamin yaratishini ham unutmaslik kerak. Qonun to‘g‘risida fikr yuritishdan avval, unda keltirilgan asosiy tushunchalar mohiyatini anglab olish foydali.

    Qonun loyihasida “Onlayn-platforma” tushunchasiga atroflicha tushuntirish berilgan. Qisqacha aytganda, “onlayn-platforma” – foydalanuvchilar tomonidan kontentni qabul qilish, ishlab chiqarish, joylashtirish va tarqatish uchun mo‘ljallangan hamda Internet tarmog‘ida ishlaydigan axborot tizimi yoki tezkor xabarlar almashish servisi hisoblanadi.

    Onlayn-platforma tizimida “onlayn-platformaning mulkdori” muhim o‘rin tutib, bu platformaga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Mulkdor sifatida u o‘z platformasining faoliyati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.

    Shuningdek, qonun loyihasida “onlayn-platformaning foydalanuvchisi” tushunchasi ham kiritilgan - bu platformada o‘zi haqidagi maʼlumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan va identifikatsiyadan o‘tgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Foydalanuvchi platformada kontent yaratish va uni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Qonunda “kontent” tushunchasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu onlayn-platforma foydalanuvchisi yoki veb-sayt egasi tomonidan joylashtirilgan, ishlab chiqarilgan va tarqatilgan turli ko‘rinishdagi maʼlumotlar hisoblanadi. Kontent o‘z ichiga matnlar, tasvirlar, audio va video materiallarni oladi. Kontentning huquqiy maqomini belgilash orqali, qonun uning tarqatilishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini tartibga solishga harakat qiladi.

    Kontentni boshqaruvida “ommaviy hamjamiyatning moderatori” tushunchasi ham kiritilmoqda. Bu onlayn-platforma mulkdori yoki foydalanuvchisi bo‘lib, ommaviy hamjamiyatda joylashtiriladigan kontentni joylash, o‘chirish yoki tahrirlash huquqiga ega shaxs. Moderatorlar kontentning sifati va qonuniy meʼyorlarga mosligini taʼminlashi nazarda tutilmoqda.

    Qonunda “inflyuyencer” tushunchasi alohida ajratib ko‘rsatilgan. Bu onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda yigirma mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger hisoblanadi. Inflyuyencerlarni alohida toifaga ajratish ularning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi taʼsirini tan olish va shu bilan birga, ularga maʼlum masʼuliyat yuklashga qaratilgan. Inflyuyencerlar uchun maxsus huquqiy talablar belgilanishi kutilmoqda, chunki ular ko‘p sonli auditoriyaga taʼsir ko‘rsata olishi barchaga maʼlum.

    Qonunda xavfsizlik tahdidlariga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, mamlakatimiz qonunchiligida “Spam resurs” atamasiga taʼrif berilmoqda. “Spam resurs” – oluvchining roziligisiz reklama, aldov yo‘li bilan moliyaviy operatsiyalarga majbur qiladigan havolalar, zararli dasturlar yoki boshqa nomaqbul materiallarni tarqatuvchi axborot resursidir. Spam resurslarga qarshi kurashish foydalanuvchilarning noxush kontentdan himoyalanish huquqini taʼminlashga qaratilgan.

    So‘nggi paytlarda onlayn platformalarda keng tarqalayotgan harakatlarga ham taʼrif berilgan. Jumladan, loyihada “Fishing resursi” tushunchasi ham kiritilgan bo‘lib, – bu rasmiy veb-sayt, ilova yoki platformalar shaklini takrorlash orqali foydalanuvchilarni chalg‘itadigan va ularning shaxsiy maʼlumotlari, to‘lov rekvizitlari va boshqa maʼlumotlarini noqonuniy olish uchun yaratilgan resursdir.

    “Onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Internet tarmog‘ida foydalanuvchilarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan. Mazkur qonun orqali foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoyasi, spam va fishingdan himoyalanish hamda insofli mazmundagi axborotni olish huquqlarining amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu qonun fuqarolarning raqamli huquqlarini taʼminlash borasida muhim qadam bo‘ladi.

    Qonun loyihasi onlayn-platformalarga nisbatan ham maʼlum talablarni belgilaydi. Ushbu talablar platforma mulkdorlarining o‘z foydalanuvchilari oldida masʼuliyatini oshirishga, kontentni moderatsiya qilish jarayonini tartibga solishga va foydalanuvchilar huquqlarining buzilishi holatlarida himoya mexanizmlarini taʼminlashga qaratilgan. Bu esa onlayn fazoda tartibni saqlash va foydalanuvchilar huquqlarining samarali himoyasiga imkon yaratadi.

    Qonun raqamli platformalar o‘rtasida adolatli raqobatni ham tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ravishda, raqamli platforma operatorining ustun mavqeini aniqlash va eʼtirof etish mexanizmlarini belgilash orqali raqamli bozorda raqobatni saqlash imkonini beradi. Bu esa foydalanuvchilarga ko‘proq xizmat va kontent tanlash imkoniyatini yaratadi.

    “Onlayn platformalar va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqiy tartibga solishning muhim bosqichi hisoblanadi. Taklif etilayotgan yangi tushunchalar zamonaviy texnologik voqelik va tendensiyalarni aks ettiradi. Bu qonun orqali foydalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va raqamli fazoda adolatli munosabatlarni shakllantirish ko‘zda tutilgan.

    Qonun loyihasida kiritilayotgan tushunchalar raqamli platformalar tizimida operatorlar va foydalanuvchilarning roli va javobgarligini aniq belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, raqamli muhitda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun huquqiy asos yaratadi. Xususan, spam va fishing kabi tahdidlarga qarshi kurashish, inflyuyenserlarning javobgarligini belgilash, shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoyasini taʼminlash mexanizmlari shakllantiriladi.

    Qonun loyihasining bugungi kunda joriy etilishi kelgusi yillarda raqamli sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelajakda chet el tajribasini o‘rganish va ichki tajribalarni umumlashtirish orqali qonunchilikni yanada takomillashtirish mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar va platforma egalarining manfaatlari o‘rtasida muvozanatni saqlash, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va shu bilan birga xavfsizlikni taʼminlash muhim o‘rin tutadi.

    Eng muhimi esa, qonun loyihasi qabul qilingach, uning amaliyotga tatbiq etilishi hisoblanadi. Zero, qonun ijrosi bilangina chinakam ahamiyat kasb etadi. Bu masalada davlat masʼul tashkilotlari bilan bir qatorda jamoatchilik ham o‘z faolligini ko‘rsatishi maqsadga muvofiq.

    Ulug‘bek KURBANBAYEV,

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    bo‘lim boshlig‘i.

    16 may, 10:59   Izoh (0)   942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya maktablarida o‘qish uchun imtihondan o‘tolmagan migrant bolalarni vataniga qaytarib yuborish taklif qilindi

    Dunyo | 18 may, 11:28

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13

    Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 09:58

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02

    O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi

    O‘zbekiston | 18 may, 08:46

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.