Daryo

Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

Pokiston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi yechilmagan masalalar, jumladan, suv resurslarini taqsimlash va Kashmir muzokaralar yo‘li bilan hal etilishiga umid bildirgan

1 daqiqa o‘qish5 763 ko‘rishlar0 izoh0

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif shanba kuni televideniye orqali chiqish qilib, o‘z xalqini Hindiston ustidan qozonilgan “g‘alaba” bilan tabriklab, Hindiston bilan muzokara olib borishga va barcha hal qilinmagan muammolarni hal qilishga umid bildirdi.

 
Shahboz Sharif
Foto: russian.cgtn

“Harbiylarimiz Hindistonning tajovuzkorligiga yuqori professionallik bilan javob qaytardi va uni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qildi. Biz bu mojaroda g‘alaba qozondik”, degan u.

Pokiston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi barcha hal qilinmagan masalalar, jumladan, suv resurslarini taqsimlash va Kashmir muzokaralar yo‘li bilan hal etilishiga umid bildirgan.

“Pokiston qurolli kuchlari va samolyotlari bir necha soat ichida hind harbiylarining ovozini o‘chirganini tarix doim yodda tutadi”, deya qo‘shimcha qilgan Shahboz Sharif.

Ma’lumot o‘rnida, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi keskinlik 22-aprel kuni kuchaydi. Sababi bir guruh terrorchilar bahsli Jammu va Kashmir hududida tinch aholi va sayyohlarga qarata o‘t ochdi. Hujum oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Hindiston hujumni Pokiston bilan bog‘ladi Pokiston hukumati hujumchilar bilan aloqasi borligini qat’iyan rad etgan edi.

Shundan so‘ng Hindiston Pokistonga qarshi bir qancha keskin choralar ko‘rgan edi. Jumladan, quruqlikdagi Attari nazorat-o‘tkazish punkti yopildi. Pokistonliklarga mamlakatni tark etish topshirildi. 1960-yilgi Hind daryosi suvlaridan foydalanish bo‘yicha bitim darhol to‘xtagandi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar