Daryo

Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

Xitoy, Eron va Belarusdagi kompaniyalar ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Cheklovlar 10 yilga amal qiladi

1 daqiqa o‘qish24 456 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga qarshi sanksiya qo‘lladi. Tegishli farmon prezident idorasi saytida e’lon qilindi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning 67 ta kompaniyasi va Xitoy, Eron, O‘zbekiston va Belarusda ro‘yxatdan o‘tgan yettita kompaniyaga sanksiyalar qo‘llanilgan. Rossiyaning 58 nafar fuqarosi cheklovga uchragan.

Bir qator metallurgiya, mashinasozlik, samolyotsozlik va kimyo korxonalari, shuningdek, Kiyevda Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha konstruktorlik byurolari o‘n yil muddatga sanksiyalar ostiga tushgan. O‘zbekiston kompaniyalari orasida quyidagilar tilga olingan:

  • Toshkentda joylashgan Mercury Renaissance mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi. U 2016-yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, qurilish texnikasi va jihozlari ijarasi hamda lizing asosida foydalanish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischilar Muminov Rustam (60%) va Gluxov Mixail (40%). 
  • Jizzaxda joylashgan Raw Materials Cellulose mas’uliyati cheklangan jamiyati. 2017-yil ro‘yxatga olingan va yog‘och massasi hamda sellyuloza ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ta’sischi Utkina Larisa Mixaylovna.
  • Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona kimyo zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2012-yil ro‘yxatga olingan. U ham yog‘och massasi va sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischisi Mercury Renaissance. 

Sanksiyalar 10 yilga joriy etilgan. Ular Ukraina hududidagi aktivlarni muzlatish, litsenziyalarni bekor qilish, intellektual mulk obyektlarini o‘tkazishni taqiqlash, savdo kelishuvlari, madaniy almashinuvlar, ilmiy sohadagi hamkorlikni to‘xtatishni anglatadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar