Daryo

O‘zbekistonlik tadbirkor Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritildi

Rustam Mo‘minov Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ham egaligi ma’lum qilindi. U Rossiyaning porox zavodlariga paxta sellyulozasini yetkazib berganlikda ayblanmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 651 ko‘rishlar0 izoh2

Yevropa Ittifoqi oktyabr oyi oxirida Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga javoban sanksiyalarning 19-paketini tasdiqlagan edi. Mazkur sanksiyalar paketiga o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minov ham kiritildi.

Sanksiyalar reyestriga Rossiya, Gonkong, Xitoy, Hindiston, Tailand, shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgani aytilayotgan Markaziy Osiyo davlatlaridan 44 ta yuridik shaxs kiritilgan. Rustam Mo‘minov esa Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ham ega ekani aytilmoqda.

Rustam Mo‘minov O‘zbekistonning Farg‘ona kimyo zavodini nazorat qiladi. Bu zavod Perm porox zavodi va Qozon davlat porox zavodiga paxta sellyulozasini yetkazib bergan, ular esa bu xom ashyodan Rossiya Qurolli Kuchlari uchun qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda foydalangan, deyiladi Yevropa Ittifoqi hujjatida.

​Shu sababli o‘zbekistonlik tadbirkor Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasiga yordam berganlikda ayblanmoqda. 2025-yilning may oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘llagan edi:
  1. Mercury Renaissance

Toshkentda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi. U 2016-yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, qurilish texnikasi va jihozlari ijarasi hamda lizing asosida foydalanish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischilar Mo’minov Rustam (60%) va Gluxov Mixail (40%).

2. “Farg‘ona kimyo zavodi”

Farg‘ona shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyati 2012-yil ro‘yxatga olingan. U ham yog‘och massasi va sellyuloza ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ta’sischisi Mercury Renaissance.

3. Raw Materials Cellulose

Jizzaxda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyati. 2017-yil ro‘yxatga olingan va yog‘och massasi hamda sellyuloza ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ta’sischi Utkina Larisa Mixaylovna.

O‘sha paytda Mercury Renaissance va uning “sho‘ba korxonasi” hisoblangan “Farg‘ona kimyo zavodi” Rustam Rahimjonovich Mo‘minov (60%) va Shahriyor Saxiyorovich Tojiyevga (40%) tegishli edi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar