Daryo

O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Ta’til 6 kalendar kun davom etadi

1 daqiqa o‘qish19 677 ko‘rishlar0 izoh2

Maktab o‘quvchilari uchun chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni hisoblanadi. Bu haqda “Xalqta’liminfo” xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.

Foto: Madina Nurman

Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan: 

  • kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun: ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar