• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tehron MAGATE inspektorlarini chiqarib yuborish bilan tahdid qildi

    Tehron, agar xalqaro bosim kuchaysa, MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi) bilan hamkorlikni to‘xtatishi va tashkilot inspektorlarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy ma’lum qildi.

    Shamxoniyga ko‘ra, AQSH tomonidan tahdidlar davom etsa, Eron o‘z yadroviy faoliyatini himoya qilish maqsadida “siyosiy tiyib turuvchi choralarni” qo‘llashga majbur bo‘ladi.

    “Boyitilgan yadroviy materiallarni Eron ichkarisidagi yashirin va xavfsiz joylarga ko‘chirish masalasi ham kun tartibida bo‘lishi mumkin”, deya ta’kidladi u.

    Mazkur bayonot Donald Tramp Eronga qarshi harbiy kuch qo‘llash ehtimolini yana tilga olganidan so‘ng e’lon qilindi. AQSH prezidenti Tehron yadroviy kelishuvga rozi bo‘lmasa, muzokaralar to‘xtashi va bu Eron uchun “katta xavf tug‘dirishi” mumkinligini bildirgan.

    AQSH va Eron diplomatlari 12-aprel kuni Ummonda yadro dasturi yuzasidan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Tramp bu borada yakuniy qaror o‘zi tomonidan qabul qilinishini bildirgan. Oq uy muzokaralar bevosita olib borilishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, Eron tomoni jarayon Ummon tashqi ishlar vaziri vositachiligida bilvosita kechishini ta’kidlagan.

    Ma’lumot uchun, 2015-yilda Eron yadro dasturi bo‘yicha G‘arb davlatlari bilan kelishuvga erishgan va buning evaziga xalqaro sanksiyalarning bir qismidan xalos bo‘lgan edi. Biroq Donald Tramp prezidentlik davrida Qo‘shma Shtatlarni kelishuvdan chiqarib, keng ko‘lamli sanksiyalarni tiklagan. Shundan so‘ng Eron yadroviy faoliyatini kengaytirgan.

    Natanz uranni boyitish inshootidagi sentrifuga mexanizmlari
    Foto: CGTN

    MAGATE ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Tehron uranni boyitish bo‘yicha kelishuvda belgilangan limitlardan ancha oshgan. G‘arb davlatlari Eronni yashirin tarzda ommaviy qirg‘in qurollari ishlab chiqishga urinishda ayblaydi. Tehron esa yadro dasturining faqat tinch maqsadlarga yo‘naltirilganini ta’kidlab kelmoqda.

    10 aprel, 19:40   Izoh (0)   1781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#AQSH#MAGATE

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Monako malikasi davlat xazinasidagi mablag‘larni ta’mirlash va qimmatbaho mebellarga sarflagani ortidan mamlakatda katta janjal boshlandi

    Layfstayl | 4 iyun, 17:45

    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

    Reklama | 4 iyun, 16:30

    Ispaniya prokuraturasi “Real” futbolchisi uchun 4 yillik qamoq jazosi talab qilmoqda

    Sport | 4 iyun, 17:42

    Markaziy bank Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritgani yuzasidan munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 17:40

    Sirdaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 361 kg eshak go‘shti to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 17:30

    Yangi iPhone 17 ning barcha modellarining suratlari e’lon qilindi

    Layfstayl | 4 iyun, 17:15

    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida

    Reklama | 4 iyun, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.