Daryo

Eronda Oyatulloh Ali Xomaniyning dafn marosimi bo‘lib o‘tmoqda (video)

Vidolashuv marosimiga Markaziy Osiyodan ham delegatsiyalar tashrif buyurdi. Tojikiston, Gruziya va Iroq prezidenti unda shaxsan ishtirok etmoqda. Dafn marosimi vaqti Eron havo hududi yopiladi.

1 daqiqa o‘qish10 967 ko‘rishlar0 izoh5

Isroil va AQSHning fevral oyidagi havo hujumlarida halok bo‘lgan Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy va oilasi a’zolarining dafn marosimi boshlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Marosimlar Tehronda boshlanmoqda, kelasi haftadan esa Qum va Mashhadda ommaviy yurishlar, shuningdek, Iroqda ham xotira marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Marosimda ishtirok etish uchun Eronga “Hizbulloh” yetakchilari va oilalari, Turkiya vitse-prezidenti, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Iroq prezidenti Nizar Amidi, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev, Qirg‘iziston parlamenti raisi Marlen Mamtaliyev, O‘zbekiston parlamenti spikeri Nuriddin Ismoilov kelgan. Xavfsizlikni ta’minlash uchun Eron hukumati dafn vaqtida havo hududini yopadi.

“Shahid bo‘lgan oliy rahnamo va boshqalarning dafn marosimiga ko‘pchilikning kelishi, aslida, Islom Respublikasi uchun navbatdagi referendum bo‘ladi”, dedi Qum imomi Oyatulloh Muhammad Saidiy.

3-iyuldan boshlab Xomaniyning jasadi “Imom Xomeyniy al-Musalla” majmuasida saqlanmoqda. Marosimlarda 12 milliondan 20 milliongacha odam ishtirok etishi kutilmoqda. Bu Eron tarixidagi davlat miqyosida o‘tkazilayotgan tadbirlar ichida eng yirigi hisoblanadi. U ziyoratchilar uchun minglab lagerlar tashkil etish, bir milliondan ortiq xorijdan kelgan mehmonlarni joylashtirish, Tehron markazi bo‘ylab odamlar oqimini tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Tadbirlarni muvofiqlashtirish bilan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining eng yirik mintaqaviy bo‘linmasi — Tehronning “Muhammad Rasululloh” korpusi shug‘ullanmoqda.

AQSH va Isroilning 28-fevral kuni Eronga qilgan aviahujumlarida o‘sha paytdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgandi. Uning o‘g‘li Mojtabo Xomanaiy esa 9-martga o‘tar kechasi yangi oliy rahnamo etib saylandi. Biroq Isroil va AQSH hujumlarida olgan tan jarohati sababli hamon jamoatchilikka ko‘rinish bermadi. Shu paytgacha uning bayonotlari faqat televideniye boshlovchilari tomonidan o‘qib eshittirildi yoki bosma shaklda tarqatildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar