Avgustda yil boshidan beri eng koʻp mol goʻshti import qilindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi eʼlon qilgan raqamlarda qayd etilgan.
2026-yil avgust oyida Oʻzbekistonga jami qiymati 85,6 mln dollarlik 21 ming tonna mol goʻshti import qilindi. Bu iyuldagiga nisbatan 3 ming tonnaga (23,4 foizga) koʻp. Mazkur oʻsish yil boshidan beri kuzatilgan eng yuqori koʻrsatkich hisobaladi.
Yanvar oyida xorijdan 11,6 ming tonna, fevralda 14,3 ming tonna, martda 12,7 ming tonna go‘sht importi amalga oshirilgan. Oʻz navbatida xorijdan aprelda 11,2 ming tonna, mayda 9,3 ming tonna, iyunda 12,9 ming tonna mahsulot xarid qilingan.
Umumiy olganda, joriy yil yanvar-avgust oylarida mamlakatga jami qiymati 519 mln dollarlik 111,1 ming tonna mol goʻshti import qilindi. Mazkur koʻrsatkich 2025-yil mos davridagiga nisbatan 21 ming tonnaga oʻsgan.
Hozirda Oʻzbekistonda goʻshtga boʻlgan yillik talab 2,1 million tonnadan ortiqni tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 1,6 million tonna. Shu bois hukumat chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish uchun 463 million dollar yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Sohaga qator imtiyozlar berish va uni qoʻllab-quvvatlash chorlari eʼlon qilingan.
Avvalroq masʼullarga 2026-yil yakunigacha chetdan 100 ming bosh qoramol olib kelish vazifasi qoʻyilgandi.








