Daryo

“Menga farqi yo‘q” — Tramp Eronning JChdagi ishtiroki haqida

AQSH prezidenti Tehron jiddiy mag‘lubiyatga uchragani va holdan toyganini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish5 995 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishi uni qiziqtirmasligini bildirdi.

“Menga haqiqatan ham farqi yo‘q. Menimcha, Eron — jiddiy mag‘lubiyatga uchragan mamlakat. Ular tang ahvolda”, dedi Tramp Politico nashriga bergan intervyusida.

Jahon chempionati 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning “G” guruhida Belgiya, Misr, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari joy olgan.

Agar AQSH va Eron o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallasa, bu ikki mamlakat 3-iyul kuni Dallasda bo‘lib o‘tadigan pley-off bahsida o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj bunday holatda mamlakat Jahon chempionatini umid bilan kutmasligini ta’kidlagan edi.

28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Hujumlar Eronning eng yirik shaharlariga, jumladan Tehronga ham yo‘naltirildi. Oq uy ushbu hujum sababini Tehrondan kelayotgan raketa va yadroviy tahdidlar bilan izohladi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bunga javoban Isroildagi obyektlarga hujum qilib, keng ko‘lamli javob operatsiyasini boshladi. Shuningdek, AQSHning Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistonidagi bazalariga ham zarbalar berildi. Eronga berilgan zarbalar natijasida oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar