Daryo

“Netanyaxuning fikrini ham hisobga olaman” — Donald Tramp Eron urushini qachon yakunlash haqida

AQSh prezidenti telefon orqali bergan intervyusida operatsiyani "to‘g‘ri vaqtda" yakunlash bo‘yicha yakuniy qarorni o‘zi qabul qilishini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish5 666 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp 8-mart yakshanba kuni The Times of Israel nashriga bergan intervyusida Eron bilan urushni qachon yakunlash haqidagi qaror Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan birgalikda maslahatlashgan holda qabul qilinishini aytdi.

Donald Tramp urushni qachon tugatish borasidagi savolga javob berar ekan, yakuniy qarorni o‘zi qabul qilishini, biroq Netanyaxuning fikrini ham hisobga olishini ta’kidladi.

“Yakuniy qarorni men qabul qilaman, lekin Netanyaxuning fikrini ham hisobga olaman”, dedi u.

​Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidenti urush qachon yakunlanishi mumkinligi bo‘yicha aniq muddatni aytmadi. Uning ta’kidlashicha, Eron Isroilni va uning atrofidagi davlatlarni yo‘q qilishga intilgan.

“Eron Isroilni va uning atrofidagi barcha davlatlarni yo‘q qilmoqchi edi. Biz birgalikda harakat qildik va Isroilni yo‘q qilishni istagan mamlakatni yo‘q qildik”, dedi Tramp.

Shuningdek, agar AQSH zarbalarni to‘xtatishga qaror qilgach ham Isroil urushni davom ettirishi mumkinmi, degan savolga Donald Tramp “bunday zarurat bo‘lmaydi”, degan fikrni bildirdi.

Prezident The Times of Israel nashriga Mojtabo Xomanaiyning saylanishi haqida izoh berishdan bosh tortib, qisqacha “nima bo‘lishini ko‘ramiz”, deb javob qaytargan.

Bundan avval u ABC News telekanaliga bergan intervyusida, agar Eronning keyingi rahbari Oq uy tomonidan ma’qullanmasa, u “uzoq vaqt hokimiyatda qolmasligi”ni aytgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar