Daryo

Eron AQSH bilan memorandumni Trampning tug‘ilgan kunida imzolashdan bosh tortdi

Eron TIV vakilining aytishicha, hujjatni imzolashning aniq sanasi hali belgilanmagan, biroq kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 816 ko‘rishlar0 izoh3

Eron AQSH bilan urushni tartibga solish bo‘yicha memorandumni 14-iyun kuni imzolamasligini ma’lum qildi. Bu sana AQSH prezidenti Donald Trampning 80 yoshga to‘lgan kuniga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiyning aytishicha, hujjatni imzolashning aniq sanasi hali belgilanmagan, biroq kelishuv yaqin kunlarda imzolanishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

“Bu ertaga sodir bo‘lmaydi, ammo memorandumning yaqin kunlarda imzolanishi ehtimoldan xoli emas. Biroq qarama-qarshi tomonning beqaror pozitsiyasi sababli ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz kerak”, dedi Baqoiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, memorandum harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan bo‘lib, hozircha Eronning yadro dasturi masalasi muhokama qilinmayapti.

Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga yaqin bo‘lgan Fars agentligi Tehron memorandumning Donald Trampning tug‘ilgan kunida imzolanishini AQSHning siyosiy-ramziy qadami sifatida ko‘rayotgani, shu bois bunday ssenariyga rozi bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Eron hukumati hali hujjatning siyosiy, huquqiy va texnik jihatlarini o‘rganishda davom etmoqda va yakuniy qarorni qabul qilmagan.

Avvalroq Donald Tramp AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuv 13 yoki 14-iyun kunlari imzolanishi mumkinligini aytgan edi. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif esa vositachilik qilayotgan muzokaralarda tinchlik bitimining yakuniy matni kelishib olinganini va elektron imzolashga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan imzolanishi kutilayotgan o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasining 14 ta bandini ma’lum qilgan edi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar