Qoraqalpog‘iston Respublikasida soat 19:00 holatiga kuchli shamol va yomg‘ir tufayli ayrim elektr qurilmalarda nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida Beruniy, Amudaryo, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlari isteʼmolchilari qisman (jami 3 750 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Shuningdek, soat 19:48 da Toshkent shahridagi 35 kVli “L-P-Yu-2” kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
Buning natijasida Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari isteʼmolchilari qisman (jami 1 250 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
“Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)