Daryo

“Dunyoning eng yaxshi klublariga rad javobini berib bo‘lmaydi” — Rodri

Ispaniyalik yarim himoyachi o‘tmishda “Atletiko” safida faoliyat yuritgani “Real Madrid”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish2 980 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri kelajakda Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berar ekan, o‘tmishda “Atletiko” safida to‘p surgani bunga to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi.

“Mening ‘Atletiko’da o‘ynaganim ‘Real’da to‘p surish variantini ko‘rib chiqishimga xalaqit bermaydi. Dunyoning eng yaxshi klublariga rad javobini berib bo‘lmaydi. ‘Santyago Bernabeu’da doim o‘zgacha muhit hukmron. Men La Ligaga qaytishni istardim — chempionatni hamon kuzatib boraman. Angliya Premyer Liga ham menga yoqadi, turnir juda qiyin, lekin hozir u yerdagi o‘yinimdan mamnunman. ‘Manchester Siti’ bilan shartnomam tugashiga bir yil qoldi. Vaqti keladi, muzokaralar stoliga o‘tiramiz va gaplashib olamiz”, deydi Rodri.

29 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Rodri 2019-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. U “shaharliklar” safiga “Atletiko”dan kelib qo‘shilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar