Daryo

Toshkent va Mavrikiy o‘rtasida ilk bor aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yo‘nalish O‘zbekiston turizmi uchun Afrika qit’asida yangi bozor ochishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 2027-yil yozidan haftasiga bir marta muntazam reyslar yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

1 daqiqa o‘qish3 438 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent–Mavrikiy yo‘nalishida boshlab ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, dastlabki bosqichda 26-dekabr va yanvar oylarida jami 4 ta Toshkent—Mavrikiy—Toshkent qatnovi amalga oshiriladi. 2027-yil iyunidan esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga bir marta muntazam reyslar yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Yangi yo‘nalish O‘zbekiston turizmi uchun Afrika qit’asida yangi bozor ochishdan tashqari, Toshkentning Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridan Mavrikiyga yo‘lovchilar oqimini yo‘naltiruvchi tranzit markazi sifatidagi salohiyatini oshiradi. Kelgusida Qozog‘iston, Rossiya va boshqa MDH davlatlari sayyohlari Toshkent orqali Mavrikiyga uchishlari mumkin bo‘ladi.

Aviaqatnovlar 2026-yildan har yili iyun–avgust oylarida amalga oshirilayotgan “Ochiq turizm mavsumi” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilmoqda. Dastur turizm bozori ishtirokchilari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutadi: yangi yo‘nalish ochayotgan aviatashuvchilarga har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSH dollari subsidiya hamda aeroport xizmatlarida 20 foizlik chegirma, mahalliy turoperatorlarga esa uzoq xorijdan jalb qilingan har 1000 turist uchun 5000 AQSH dollari subsidiya ajratiladi.

Mavrikiy – Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida, Afrikaning sharqida joylashgan orol davlat. U Madagaskardan taxminan 900 kilometr sharqda joylashgan. Mavrikiy, avvalo, tropik plyajlari, moviy lagunalari, marjon riflari va tog‘lari bilan mashhur. Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar