Daryo

Isroil “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini e’lon qildi

Hujum oqibatida “Hizbulloh”ning “Badr” bo‘linmasi qo‘mondoni Abu Hasan Aloa halok bo‘lgan. Isroil armiyasi uning o‘limi bo‘linmaning boshqaruv salohiyatiga jiddiy zarba berganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish4 943 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil Livanda “Hizbulloh” harakatining “Badr” bo‘linmasi yuqori martabali qo‘mondoni Abu Hasan Aloa yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (IFD) xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Hasan Aloa Isroil harbiylariga qarshi hujum tashkil etishda ishtirok etgan. Isroil armiyasi uning yo‘q qilinishi “Badr” bo‘linmasining boshqaruv salohiyatiga jiddiy zarba berganini bildirgan.

“Abu Hasan Aloa “Hizbulloh” terrorchilik tashkilotining xavfsizlik zonasida faoliyat yuritayotgan Isroil askarlariga qarshi harakatlariga javoban yo‘q qilindi”, deyiladi IDF bayonotida.

Isroil harbiylari operatsiya Livan hududida faoliyat yuritayotgan askarlarga qarshi hujumni tashkil etishda Aloaning ishtiroki aniqlangach, amalga oshirilganini bildirgan.

IDF mazkur operatsiya “Hizbulloh”ning “Radvon” bo‘linmasi batalyon qo‘mondoni Ali Samir al Hoja Hasanning yo‘q qilingani haqidagi avvalgi xabar ortidan amalga oshirilganini ta’kidlagan.

12-avgust kuni Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorining shimoliy qismiga ham zarba bergan edi. IDF ma’lumotlariga ko‘ra, hujum nishoni “HAMAS” harakatining harbiy qanoti qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan.

Isroil armiyasi hujumdan avval tinch aholi orasidagi talafotlarni imkon qadar kamaytirish choralarini ko‘rganini bildirgan. Operatsiya davomida yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilardan foydalanilgan.

Livandagi vaziyat va yo‘qotishlar

Isroil Livan janubida bir qancha hududlarni bosib olgan. Ularning ayrimlari o‘n yillardan beri, qolganlari esa 2023—2024-yillardagi urush paytida egallangan. Hozirgi harbiy kampaniya davomida Isroil kuchlari Livan hududiga 10 kilometrdan ko‘proq ichkariga kirib bordi.

Livan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2-martdan buyon Isroilning Livandagi hujumlari oqibatida 4192 kishi halok bo‘ldi, 12 171 kishi yaralandi. Shuningdek, 1 milliondan ortiq aholi o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Keyinchalik AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Suriya va Livandan qo‘shinlarni olib chiqish zarurligini aytgan edi. Biroq Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats bayonot berib, AQSH hukumatidan chiqib ketish haqida talab bo‘lgan taqdirda ham, Isroil armiyasi Livan janubidagi bosib olingan hududlarni tark etmasligini aytkandi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar