O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar—iyun oylarida nikohdan ajralishlar soni 24 815 tani tashkil etdi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Har ming aholiga nisbatan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promillega teng bo‘ldi. Ya’ni har ming nafar aholiga o‘rtacha 1,3 ta ajrim to‘g‘ri keldi. 2026-yilning yanvar—iyun oylaridagi ajrimlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan (23 338 ta ajralish) qariyb 1,5 mingtaga oshgan.
Shu davrda 92,3 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har ming aholiga nisbatan nikoh koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil qildi. Nikohlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 mingtaga kamaygan.
Ajrimlarning 60,1 foizi shahar joylarida (14,9 mingta), 39,9 foizi (9,9 mingta) qishloq joylarida qayd etilgan.
Nikohdan ajralishlar soni hududlar kesimida quyidagicha bo‘ldi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1048;
- Andijon viloyati — 2471;
- Buxoro viloyati — 1275;
- Jizzax viloyati — 1072;
- Qashqadaryo viloyati — 1704;
- Navoiy viloyati — 673;
- Namangan viloyati — 2070;
- Samarqand viloyati — 2608;
- Surxondaryo viloyati — 1718;
- Sirdaryo viloyati — 865;
- Toshkent viloyati — 2334;
- Farg‘ona viloyati — 2676;
- Xorazm viloyati — 1079;
- Toshkent shahri — 3222.
Bundan ko‘rinadiki, eng ko‘p ajrimlar Toshkent shahrida, eng kami esa Navoiy viloyatida kuzatilgan.
O‘zbekistonda 2025-yilda jami 46 914 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgandi. Er-xotinlar nima sababdan ajrashayotgani tahlil qilinganida asosiy sabab sifatida xarakter to‘g‘ri kelmasligi, boshqa nikoh munosabatiga kirishilgani, oilaga tayyor emasligi, o‘zaro ishonchsizlik ko‘rsatilgan.








