O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar—mart oylarida FHDY organlari tomonidan 42,3 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statistikaga ko‘ra, nikohdan o‘tgan ayollarning asosiy qismini 20—30 yosh oralig‘idagilar tashkil qilgan. Mazkur yosh toifasida 22 ming 436 nafar ayol turmush qurgan.
20 yoshgacha bo‘lgan kelinlar soni 14 ming 946 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 31—40 yosh oralig‘ida 3 ming 687 nafar ayol nikoh qayd ettirgan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki uch oyida 41 yosh va undan katta bo‘lgan 1 ming 232 nafar ayol ham turmush qurgan.
O‘zbekistonda 2025-yilda jami 267 131 ta nikoh qayd etilgan. 5,3 mingdan ziyod ayollar 40 yoshdan keyin nikoh qurgan.








