Daryo

O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p pensionerlar yashashi maʼlum bo‘ldi

To‘rtta viloyat jami pensionerlarning 41 foizini qamramoqda. Hududlardan birida esa har sakkiz kishidan bir nafari pensiyaga chiqqan.

1 daqiqa o‘qish35 938 ko‘rishlar0 izoh20

Respublikadagi eng ko‘p pensionerlar Farg‘onada bo‘lib, viloyatda har sakkiz kishidan biri pensiyaga chiqqan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati maʼlumot berdi. 

2026-yilning birinchi yarmida Pensiya jamg‘armasi tizimida pensiya oluvchilar soni 4 million 361 ming 432 nafarga yetdi. Mazkur ko‘rsatkich umumiy aholining 11 foizdan ortiq qismini tashkil qiladi. Ularning 83 foizi yoshga doir, 11 foizi nogironlik, 6 foizi boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladi.

Tahlillarga ko‘ra, pensionerlar soni 2025-yil iyuldan joriy yil iyuligacha 158,9 ming (3,8 foiz) nafarga oshgan. Mamlakatda oylik o‘rtacha pensiya miqdori 1 million 688 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Eng kam pensiya miqdori esa 878 ming so‘m.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Respublika bo‘yicha eng ko‘p pensioner Farg‘ona viloyatida yashaydi — 515,4 ming nafar. Bu hududda har sakkiz kishidan biri pensioner degani. Umumiy olganda, to‘rtta hudud — Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo O‘zbekistondagi jami pensionerlarning 41 foizini qamraydi.

Eng kichik ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (111,3 ming kishi) — Farg‘onadan 4,6 baravar kam.

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya miqdori bosqichma-bosqich oshib borishi prognoz qilingan. Xususan, joriy yilda 1,7 million so‘mga yetkaziladi. 2027-yilda bu ko‘rsatkich 1,8 million so‘m, 2028-yilda 1,9 million so‘m, 2029-yilga borib esa 2,1 million so‘mga yetishi kutilmoqda.

Avvalroq pensiya hisoblash tartibi o‘zgartirilishi xabar qilingandi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar