Daryo

Aholining banklardan qarzdorligi bir yilda 39 trln so‘mga ortdi

Qarzlarning yirik ulushi davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jismoniy shaxslar kreditlari qoldig‘i korxonalar qarzlariga nisbatan ko‘proq o‘smoqda.

1 daqiqa o‘qish11 242 ko‘rishlar1 izoh3

O‘zbekiston aholisining banklardan olgan kreditlari qoldig‘i bir yilda 39,5 trln so‘mga ko‘paydi. Bu raqam Markaziy bank bergan maʼlumotlardan kelib chiqadi. 

Aholi qarz qoldig‘i korxonalarga qaraganda tezroq o‘sgan

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, banklardagi jami kreditlar qoldig‘i 642,8 trln so‘mga yetdi. Bu 2025-yil mos davridagidan 67,6 trln so‘mga ko‘p. 

Foizli qarzlarning qariyb 235,86 trln so‘mi aholi tomonidan olingan. Bir yil ilgari mazkur ko‘rsatkich 196,9 trln so‘m edi. Qarz qoldig‘ining yillik miqdori 39 trln so‘mga ko‘paygan.

Umumiy kreditlarning 406,94 trln so‘mi korxonalarga tegishli bo‘lib, bir yilda 28,6 trln so‘mga ortgan.

Davlat banklari ajratgan kreditlar ulushi katta

Umumiy kreditlardan qoldig‘ining 422,2 trln so‘mi davlat banklari tomonidan ajratilgan. Bir yil avvalgi ko‘rsatkich esa 394,2 trln so‘m edi.

Joriy kredit qoldig‘ining 220,5 trln so‘mi xususiy banklarga tegishli hisoblanadi. Taqqoslash uchun, 2025-yil mos davridagi miqdor 181 trln so‘m bo‘lgan.

Umumiy olganda, davlat banklari kredit qoldig‘i bir yilda 26 trln so‘mga, xususiy banklarniki esa 39,5 trln so‘mga o‘sgan.

Eng ko‘p kredit bergan banklar O‘zmilliybank (107,1 trln so‘m) va Agrobank (91,2 trln so‘m) bo‘lgan. Xususiy banklar orasida Kapitalbank ajratgan qarzlar ulushi nisbatan yuqori ekani qayd etilgan — 38,3 trln so‘m.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar