Daryo

Davlat aktivlarini sotib olishda avans ikki baravar kamaytiriladi

O‘zbekistonda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi.

1 daqiqa o‘qish3 026 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, qolgan summani foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Davlat rahbari hozir 22 trillion so‘mlik 3 mingta davlat obyekti auksionda turganini aytdi. Hokimlarda davlat mulklarini sotish bo‘yicha tizim yo‘qligini tanqid qildi. Yaqinda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanishi, unga ko‘ra, 100 trillion so‘mlik 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqarilishi ma’lum qilindi.

Banklar balansida 9 trillion 300 milliard so‘mlik 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turgani qayd etildi. Har bir obyektning bank balansida asosli turgani tahlil qilinadi. Xaridori bor, lekin sun’iy ushlab turilgan obyektlar bo‘yicha qonun ustuvorligi ta’minlanadi.

Yig‘ilishda barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident administratsiyasiga kiritish ham topshirildi. Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi ham qat’iy ko‘rsatib o‘tildi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar