Daryo

Yetim bolalarga berilgan uylar xususiylashtiriladimi? Agentlik izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga berilgan turar joylarni xususiylashtirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

1 daqiqa o‘qish6 158 ko‘rishlar0 izoh2

Ijtimoiy tarmoqlarda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat uy-joy fondidan ijara asosida berilgan turar joylarni xususiylashtirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Agentlikning tushuntirishicha, 2021-yil 25-oktyabrga qadar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga Vazirlar Mahkamasining 164-sonli qaroriga binoan, ijara shartlari asosida davlat uy-joy fondidan turar joylar berilgan.

Uy-joy kodeksining 8-moddasiga ko‘ra, ushbu maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiruvchi uylar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga xususiylashtirish huquqisiz ijara asosida taqdim etiladi. Mazkur fondni boshqarish Ijtimoiy himoya milliy agentligi emas, balki mahalliy hokimliklar vakolatiga kiradi.

Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Qayd etilishicha, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu sohadagi vakolatli organ tuman va shahar hokimliklari hisoblanadi.

Shu sababli ijara asosida uy olgan fuqarolar xususiylashtirish masalasida bevosita tuman (shahar) hokimliklariga yoki my.gov.uz portali orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda kam ta’minlangan shaxslar uchun bepul yuridik yordam imkoniyati kengaytirilishi xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar