Daryo

Messi: “Jamoamizning qatorasiga ikkinchi bor JCH finaliga yo‘l olishi — shunchaki dahshat”

Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati yarimfinali doirasida Angliyaga qarshi kechgan bahsdan (2:1) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

1 daqiqa o‘qish3 673 ko‘rishlar0 izoh4

Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati yarimfinali doirasida Angliyaga qarshi kechgan bahsdan (2:1) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Afsonaviy futbolchi qatorasiga ikkinchi bor finalga yo‘llanma olgan jamoaning natijasi, uchrashuvdagi o‘zgacha his-tuyg‘ular hamda ushbu g‘alabaning butun Argentina xalqi uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Har qanday final o‘zgacha ahamiyatga ega, ammo Jahon chempionati finalining o‘rni butunlay bo‘lakcha. Yana shunday hislarni boshdan kechirish — aql bovar qilmas holat. Jamoamizning qatorasiga ikkinchi bor JCH finaliga yo‘l olishi — shunchaki dahshat! Shaxsan menga kelsak, faoliyatim davomida uchinchi marta mundial finalida o‘ynayotganimdan faxrlanaman, bunday baxt juda kam sonli futbolchilarga nasib qiladi. Ayniqsa, turnir qanday o‘tayotgani, bugungi o‘yin shiddati hamda aynan qanday raqibni mag‘lub etganimizni inobatga olsak, aqlga sig‘mas ishni uddaladik”, deydi Messi.

Hujumchining fikricha, o‘yindan oldingi xotirjamlik madhiya ijrosidan so‘ng butunlay o‘zgargan va har qanday holatda ham g‘alaba qozonish hissi birinchi o‘ringa chiqqan:

“Garchi bellashuvdan oldin bu shunchaki o‘yin ekanini gapirgan bo‘lsak-da, madhiya ijro etilayotgan vaqtda butunlay boshqacha, o‘zgacha hislarni tuya boshladik. Shu bilan birga, bu baribir futbol o‘yini ekanini unutmadik. Hech birimiz yutqazishni xohlamadik va Argentina xalqi ham bu g‘alabani juda xohladi — hech kim Angliyaga yutqazishni istamadi. Biz bu uchrashuvni aynan shunday qabul qildik. Xudoga shukur, maqsadimizga erishish, ularni turnirdan chiqarib yuborish va Jahon chempionatining yana bir finaliga chiqish nasib qildi. Bu barcha argentinaliklar uchun juda baxtli kun bo‘ldi”.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi, O‘zbekiston vaqti bilan roppa-rosa 00:00 da start oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar